Xitoyda dunyodagi eng kuchli va eng kichik kompyuter chiqarildi - Dono.uz

Xitoyda dunyodagi eng kuchli va eng kichik kompyuter chiqarildi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Xitoylik mutaxassislar noyob ishlanma– eng kuchli va bir vaqtning o’zida dunyodagi eng kichik kompyuterni taqdim etishdi. Bu haqda ishlab chiqaruvchilar saytida xabar berilgan.

MeegoPad nomli qurilma bir necha bor kattalashtirilgan flesh xotira qurilmasiga o’xshash bo’lib, hajmiga ko’ra uyali telefonni eslatib yuboradi.

MeegoPad T08 to’rt yadroli Intel Atom x5-Z8350 protsessori, 4 gigabayt operativ xotira va 32 gigabaytli qattiq disk bilan jihozlangan. U o’ziga o’xshash bo’lgan uskunalar orasidagi eng kuchlisidir.

Kompyuterda bir necha port bo’lib, shuning yordamida bir vaqtning o’zida uni ikkita monitorga ulash mumkin.

Kompyuter Wi-Fi tarmoqlarida ham ishlab, microSD (128 gigabaytgacha) xotira kartasi va korpusni sovutish uchun kichik ventilyatorga ega.

Qurilmani 155 AQSh dollariga xarid qilish mumkin.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Free WordPress Themes