“Yandeks.Novosti” servisi O‘zbekistonga kirib kelmoqda - Dono.uz

“Yandeks.Novosti” servisi O‘zbekistonga kirib kelmoqda

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

“Yandeks.Novosti” servisi O‘zbekistonga kirib kelmoqda va tez orada UZ domenida ishga tushiriladi, deya xabar bermoqda Spot kompaniyaga tayanib.

“Mamlakat aholisi yandex.uz bosh sahifasida o‘zbek matbuotidagi dolzarb yangiliklarni o‘qishi mumkin bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Kompaniyadagilar ma’lum qilishicha, ularni servisni mahalliylashtirib, yangi sheriklarni jalb qilmoqchi. Bunday qadamlardan biri kompaniya Toshkentda 15-avgust kuni OAVlar uchun tashkillashtiradigan seminar bo‘ladi.

Ayni paytda news.yandex.uz sayti avtomatik tarzda news.yandex.ru’ga yo‘naltirmoqda, O‘zbekiston haqidagi yangiliklar bo‘limida esa faqat chet el OAVlarining maqolalarini ko‘rish mumkin.

Buning sababi shundaki, nashr ushbu yangiliklar tasmasiga tushishi uchun “Roskomnadzor” (Rossiya regulyatori) tomonidan berilgan, OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston OAVlarida esa bunday hujjat yo‘q, ammo news.yandex.uz to‘liq ishga tushsa, u talab qilinmaydi.

Manba: daryo.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes