Yevropa ittifoqi Google’ni 11 mlrd dollarlik jarimaga tortmoqchi - Dono.uz

Yevropa ittifoqi Google’ni 11 mlrd dollarlik jarimaga tortmoqchi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Yevropa komissiyasi Google kompaniyasi o’zining Android operatsion tizimini bozorda ilgari surish maqsadida o’z vakolatlarini suiiste`mol qilishi yuzasidan unga nisbatan jarima tayyorlamoqda. Bu haqda raqobat masalalari bo’yicha yevrokomissar Margret Feshtager olib borgan tergov natijalaridan ma`lum bo’ldi.

Yevropa ittifoqi e`tirozlari Google va smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning o’zaro ishlashi siyosatiga taalluqli. Yevrokomissar ma`lumotlariga ko’ra, Google o’zining dasturlarini maksimal miqdorda o’rnatishga rozi bo’lgan smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga imtiyozlar taklif qilgan va aksincha, Google Chrome brauzeri yoki Google-izlash tizimini o’rnatishdan bosh tortganlarga Google Play’ga kirishni bloklash bilan tahdid qilgan.

Bundan tashqari, Google kompaniyasi Google-xizmatlari bilan smartfon ishlab chiqaruvchilarni modifikatsiya qilingan Android‘ni Google Play’siz chiqarmasliklari, biroq unga muqobil dasturlar do’koni yoki Chrome, Youtube muqobillari bilan chiqarishlari ortidan kuzatgan.

2015 yilda Google’ga shunday e`tirozlarni Yandeks bildirgan. Tergov natijalariga ko’ra, AQSh kompaniyasi 438 mln rubllik jarimaga tortilgan.

Bugungi kunda Android operatsion tizimi ostida ishlovchi smartfonlar ulushi 85 foizdan ko’proqni tashkil qiladi, Google izlash tizimiga esa butun dunyo bo’ylab izlashlarning taxminan 90 foizi to’g’ri keladi.

Manba: kun.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes