Yosh qonunshunoslar klubining vazifasi nimalardan iborat? - Dono.uz

Yosh qonunshunoslar klubining vazifasi nimalardan iborat?

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.
Yoshlarni islohotlar jarayoniga jalb qilish, faolligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-iyuldagi parlament palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosiga yigit-qizlar erkin kirib chiqadigan muhit va sharoit yaratish zarurligi, yoshlar qonun qabul qilish jarayonidan boshlab partiyalar o‘rtasida raqobat bo‘ladigan majlis va tortishuvlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi va deputatlar bilan muloqot qilishi lozimligi haqida to‘xtalib, muhim topshiriqlar bergan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti qoshida oliy ta’lim muassasalari xodimlari va talabalari, magistrantlar va iqtidorli yoshlardan tarkib topgan “Yosh qonunshunoslar klubi” tashkil etildi.
Parlament quyi palatasida “Yosh qonunshunoslar klubi”ning taqdimot marosimi o‘tkazildi.
Mamlakatimizda qonun ijodkorligi va qonunchilikni qo‘llash amaliyotining dolzarb muammolarini muhokama qilish, qonunchilik texnikasi, normativ-huquqiy hujjatlarni yuridik-texnik rasmiylashtirish qoidalari, norma va huquq ijodkorligi masalalari bo‘yicha ilmiy-amaliy muhokamalarni joriy etish, yosh olim va mutaxassislarning qonunchilik tashabbuslarini muhokama qilish va qonun ijodkorligi sifatini oshirish yangi tashkil etilgan klubning asosiy vazifalari etib belgilandi.
– Prezidentimizning bevosita tashabbusi bilan yoshlarga qonun qabul qilish jarayonlarida ishtirok etish, o‘z takliflarini bildirish imkoniyati berilishi yoshlarning jamiyatdagi faol ishtirokini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi, – deydi “Yosh qonunshunoslar klubi” raisi Toirxon Abbosxonov. – Talaba bo‘lgan klub a’zolari qonun loyihasi bo‘yicha takliflarini o‘zlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga jo‘natadi. Rahbariyat tomonidan yoshlarning takliflari umumlashtiriladi va klub rahbariyatiga jo‘natiladi. Bu yerda takliflar takomillashtirilib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining muayyan qo‘mitasiga taqdim etiladi.
Tadbirda Qonunchilik muammolari instituti va uning qoshida tashkil etilgan klub faoliyati, maqsad va vazifalari, uning yosh qonunshunoslarni shakllantirishda tutgan o‘rni haqida so‘z yuritilib, parlament tomonidan qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish amaliyoti, jamiyatimizda yoshlarning siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida o‘zaro fikr almashildi.
Ishtirokchilar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlislar zali, o‘quv xonalari, kutubxona hamda milliy parlamentimiz tarixi bilan yaqindan tanishdi.
Manba: O’zA
Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes